O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimizga tezkor yordam ko'rsatib, ularning Toshkentga qaytishiga ko'maklashdilar.
O'zbekiston diplomatlari vatandoshimiz M.T.ning Novosibirsk shahrida dunyoga kelgan qiz farzandi uchun tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomani rasmiylashtirishda zarur yordam ko'rsatdilar. Amalga oshirilgan konsullik harakatlari natijasida barcha rasmiyatchiliklar qisqa muddatda hal etildi va zarur hujjatlar yurtdoshimizga topshirildi.
Ona va bola 23-aprel kuni "Novosibirsk-Toshkent" aviareysi bilan O'zbekistonga sog'-salomat qaytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42600 | Инструменты