Huawei 1
25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni

Bugun jahon hamjamiyati Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni kunini nishonlamoqda.

–Ushbu sana har bir ayol eʼzozlanadigan, so‘zi tinglanadigan, orzulari kelajak sari yo‘lga aylanadigan dunyoda yashashga loyiq ekani haqidagi navbatdagi eslatmadir.

Bugun biz birgalikda zo‘ravonlikka nisbatan: "Yetar, bas!" deya xitob qilamiz. Qo‘rquv va shubha-gumonlarni ishonch hissiga aylantirish vaqti keldi. Har bir ayol tinglanishi va sevikli bo‘lishiga erishish fursati yetdi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi nafaqat so‘zda, balki amalda ham gapiradi:

Biz qo‘llab-quvvatlash uchun shu yerdamiz!

Biz himoya qilish uchun shu yerdamiz!

Biz har bir ayol, har bir qiz hayoti qadrli bo‘lishi uchun kurashyapmiz

Zo‘ravonliksiz dunyo xayoldagi orzu emas, bu birgalikda erishsa bo‘ladigan maqsaddir.

Qudrat va bardosh ramzi bo‘lmish o‘zbek qizi Diyora Keldiyorovaga bugungi ishtiroki uchun minnatdorlik bildiraman, – dedi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112514 | Инструменты