26 yanvar — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlarining kuni

Bugun 26 yanvar O'zbekistonda Davlat bojxona xizmati xodimlarining kuni sifatida nishonlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 12 aprel kuni imzolangan "O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga muvofiq 26 yanvar Davlat bojxona xizmati xodimlarining kuni etib belgilangan.

Uzreport axborot agentligi  mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaydi va ularga mashaqqatli faoliyatlarida kuch-quvvat va sihhat-salomatlik tilaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты