Huawei 1
28 yanvar – Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish kuni

 Shaxsga doir ma'lumotlar har bir insonning shaxsiy huquq va erkinliklarini ta'minlash, mehnat munosabatlari, sog'liqni saqlash, mahsulotlar harid qilish, sayohat va internetdan foydalanishda muhim o'rin tutadi.

2006 yil 28 yanvar kuni  Yevropa Kengashi tomonidan “Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida”gi Xalqaro konvensiya imzolandi. Shundan beri bu kun dunyoning qator mamlakatlarida Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish kuni sifatida nishonlab kelinadi (https://www.coe.int/ru/web/portal/28-january-data-protection-day).

Ushbu sana munosabati bilan har yili  hukumatlar, parlamentlar, inson huquqlari bo'yicha  idora va tashkilotlar shaxsiy hayot va shaxsga doir ma'lumotlarni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar, anjumanlar o'tkazishadi.

2019 yil 2 iyul kuni O'zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida”gi Qonuni qabul qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52209 | Инструменты