1973-yil 3-aprel kuni "IBM" kompaniyasi o‘zining eng keng tarqalgan chiziqli shtrix-kod belgilaridan biri bo‘lgan "UPC" ishlanmasini rasman taqdim etdi. O‘sha kundan buyon, bu sana - "Shtrix kod"ning tug‘ilgan kuni sifatida yod olinadi.
Shtrix kodni yaratuvchilari Filodelfiya texnologiya instituti aspirantlari Bernard Silver va Norman Woodland bo’lgan.
Bu qanday sodir bo’lgan?
Bernard tasodifan intitut decani bilan suhbatlashayotgan mahalliy oziq-ovqat kompaniyasi egalaridan biri kassada maxsulot nomlarini o’qiy oladigan tizim ishlab chiqarishni so’raganini eshitib qoladi. Shundan so’ng aspirant bu fikrni hayotga tatbiq qilishga kirishgan va do’sti Norman Woodlandni sherik o’ziga sherik qilgan.
Dastlab ular har bir maxsulot uchun ultra binafsha nurida sezilib turadigan, maxsus siyoh bilan qo’llaniladigan belgi yaratishni o’ylab topgan. Ixtirochilarga Morze alifbosi yordam bergan.
Dunyodagi birinchi shtrix-kodlash uchun patent qachon olingan?
1949-yilda dunyoda birinchi marta shtrix-kodlash uchun patent olingan. Undan bir necha yil o’tgach yosh ixtirochilarni IBM kompaniyasiga ishga taklif qilishgan. Shundan bir necha oy o’tgach ular shtrix-kodlarni o’qiy oladigan qurilmani ixtiro qilishgan.Birinchi shtrix-kodlar qanday bo’lgan?
1974-yil 26-iyunda shtrix kodli birinchi mahsulot - bir quti saqich bo‘lib, ushbu saqichning paketlaridan biri "Smitson" Amerika tarixi muzeyida saqlanadi. Ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda birinchi shtrix-kodlar dumaloq shaklda bo’lgan. Hozirda to‘rtburchak oq va qora rangli shtrix kodlar o‘rnini QR-kodlar egallamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13101 | Инструменты