Huawei 1
3 oy ichida nechta haydovchi jarima ballarini olgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushirilgach, 3 oy ichida 63 mingdan ortiq haydovchi jarima ballarini oldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Haydovchilarga berilgan jarima ballari tahliliga ko‘ra:

• 5 ballgacha — 4 nafar;
• 4 ballgacha — 14 nafar;
• 3 ballgacha — 129 nafar;
• 2 ballgacha — 4976 nafar;
• 1 ballgacha — 63 974 nafar haydovchi olgan.

9 million 325 mingdan ortiq haydovchi esa umuman jarima balli olmagan.

2024-yil iyun—avgust oylarida 285 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lsa, 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 167 mingni tashkil etdi. Ya’ni qoidabuzarliklar soni 58 foizga kamaygan.

Shuningdek, bu davrda haydovchilar aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni ham kamaydi. 2024-yil iyun—avgust oylarida haydovchilar aybi bilan 531 ta YTH sodir etilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 338 taga, ya’ni 36 foizga tushdi.

Quvonarlisi, olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ham qoidabuzarliklar, ham YTHlar sezilarli darajada kamayganligini ko'rish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91218 | Инструменты