3 ta viloyatdagi ayrim metan zapravkalarda gaz narxi oshirilgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “metan zapravka”larda gaz narxi 3 800 so‘mga ko‘tarilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu holat Farg‘ona shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida kuzatilganligi aniqlangan.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu AGTKSH mas’ullariga tushuntirish ishlari o‘tkazildi va “metan” gazning 3 350 so‘mdan sotilishi ta’minlandi.

Shuningdek, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida ikkita AGTKSHda shunday holat kuzatilgan bo‘lib, ular ham “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari tomonidan bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi 173-sonli qarori bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilangan.

Vazirlik AGTKShlarda tabiiy gaz asossiz ravishda qimmat narxlarda sotilayotgani kuzatilsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishni so‘ramoqda:

- Bosh prokuratura — @EnergonazoratBot va 71−232−10−07;

- “O‘zenergoinspeksiya” — @energoInspeksiya_bot va 71−200−02−86;

- Raqobat qo‘mitasi — 71−207−47−00.

Shuningdek, Energetika vazirligi AGTKSh mas’ullaridan belgilangan talablar asosida faoliyat yuritishni, noqonuniy faoliyatga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini bildirdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты