Shuningdek, noqonuniy ishdan bo‘shatilgan 508 nafar fuqaro ishga tiklanib, ular foydasiga 21,6 milliard so‘m ish haqi undirildi
OAV uchun kontent tayyorlash markazida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda joriy yil davomida ijro hujjatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, o‘tgan davrda jami 54,8 trillion so‘mlik mablag‘ undirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 trillion so‘mga ko‘p. Shundan 36,7 trillion so‘mi davlat, 16,5 trillion so‘mi tadbirkorlik va boshqa subyektlar, 1,6 trillion so‘mdan ortig‘i esa fuqarolar manfaatlari uchun yo‘naltirildi. Davlatning majburlov mexanizmlaridan foydalanmagan holda 2,2 trillion so‘mlik hujjatlar ijrosi ham ta’minlandi.
Ijtimoiy yo‘nalishda 3 trillion so‘m aliment mablag‘i undirildi. “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi hisobidan 565 nafar fuqaroga 30,5 milliard so‘m to‘lab berildi. Manzilli ishlar natijasida 21 mingdan ortiq fuqaro ishga joylashtirildi, 11,2 mingdan ortiq oila yarashtirildi.
“Daftarlar” bilan bog‘liq jamg‘armalarga 1,3 trillion so‘m yo‘naltirildi — bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 222 milliard so‘m ko‘p.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102320 | Инструменты