Xalqaro doyalar kuni har yili 5 may kuni nishonlanadi va 1992 yilda Xalqaro doyalar konfederatsiyasi tomonidan akusherlik kasbini nishonlash va xabardorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Ushbu sana dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari, shuningdek, JSST xalqaro tashkilot tomonidan nishonlanadi.
Doya — chaqaloq dunyoga kelgandan keyin uni onasidan ham avval qo‘lga oladigan inson. Shu boisdan azal-azaldan doyalar el orasida alohida ehtiromga sazovor bo‘lgan.
Ularning ana shunday mehnatlari eʼzozlanib, har yili dunyo bo‘yicha 5 may sanasi Xalqaro doyalar kuni sifatida keng nishonladi.
So‘nggi yillarda tibbiyotimizning onalar va bolalar salomatligi yo‘nalishida bo‘lgan katta o‘zgarishlar qatorida doyalar faoliyatida ham qator yangiliklar kuzatildi.
Xususan, mamlakatdagi onalar va bolalar salomatligi muassasalarining yagona tizimga birlashgani ana shu o‘zgarishlarning debochasi bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50709 | Инструменты