2023-yil mobaynida respublika o‘rmonlarida 6 ta holatda jami 323 gektar maydonda o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lib, buning oqibatida tabiatga 2 mlrd so‘mlik zararlar yetgazilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘rmon xo‘jaligi agentligi boshqarma boshlig‘i Mirjavlon Hamidov ma’lum qildi:
Qayd etilishicha, o‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan O‘rmon yong‘inlarini oldini olish va bartaraf etish maqsadida 2023-yilda jami 360 km yong‘inga qarshi oraliq joylar, 670 km yo‘llar, 660 km himoya chiziqlari hamda 16 600 m3 suv havzalari yangidan qurildi.
Bundan tashqari, 2 400 km oraliq joylar, 3360 km yo‘llar, 2 600 km yong‘inga qarshi himoya chiziqlari, 340 km zovurlar hamda 14 500 m3 suv havzalari ta’mirlandi. Yong‘in xavfi yuqori hududlarda 140 ming litr suv zaxiralari o‘rnatildi.
O‘rmon hududlariga yaqin yashovchi aholi va tashrif buyuruvchilar uchun o‘rmondan to‘g‘ri foydalanish, o‘rmon yong‘inlarini oldini olish va sodir etmaslik bo‘yicha Yangi 1 500 ga yaqin ogohlantiruvchi bannerlar joylashtirildi hamda Hududga tutash Mahalla fuqarolar yig‘inlarida va qishloqlarda O‘rmon muhofazasi va o‘rmon yong‘iniga qarshi 2 800 dan ziyod Tushuntirish va Ogohlantirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, O‘rmonlarni muhofaza qilish yong‘inni oldini olish maqsadida Ommaviy axbarot vositalarida yil davomida 78 marotaba chiqishlar qilindi.
Bugungi kunga qadar, tizim tashkilotlari tomonidan 48 ming gektar maydonda Zararkunanda va kasalliklarni aniqlash hamda aniqlangan 25 ming gektar maydonda aniqlangan Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish tadbirlari olib borilildi. Bundan tashqari 19 ming gektar maydonga Zararkunandalarga qarshi biologik kurash ishlari olib borildi.
O‘rmon xo‘jaligi hududlarida uchrayotgan Huquqbuzarliklarga qarshi javobgarlikni kuchaytirish, maqsadida O‘rmon Qonunchiligiga tegishli o‘zgarishlar kiritildi.
Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmon fondi hududlarida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llash vakolatlari berildi.
O‘rmon nazoratchilari tomonidan 2023 yilda 673 ta qonun buzarliklar aniqlanib, buning oqibatida o‘rmon fondiga 675 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan hamda ularga nisbatan 474 mln. so‘m jarimalar belgilandi. Jumladan, sud organlari tomonidan 46 mln. so‘m jarimalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, jarimalarni undirish maqsadida Bosh Prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi bo‘limlariga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90710 | Инструменты