Huawei 1
7 oyda 3,4 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga safar qildi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,4 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 890,5 ming nafarga yoki 35,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Qirg‘iz Respublikasi – 1,6 mln nafar;

Tojikiston – 676,4 ming nafar;

Qozog‘iston – 526,4 ming nafar;

Rossiya – 159,7 ming nafar;

Turkiya – 123 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 106,5 ming nafar;

BAA – 70,6 ming nafar;

Misr – 22,2 ming nafar;

Quvayt – 16,7 ming nafar;

Janubiy Koreya – 12,3 ming nafar;

boshqa davlatlar – 91,5 ming nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90903 | Инструменты