73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi

Prezident raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot o'tkazildi.

Unda davlat rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Mamlakat jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.

Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.

Yoshlar xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.

"Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz", - dedi Prezident.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70222 | Инструменты