Huawei 1
Iordaniyadan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda

Fly Khiva aviakompaniyasi tomonidan Iordaniyaning Akaba shahridan Toshkentga charter reys (FKH9902) tashkil etilmoqda. Bu haqda Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Akaba shahridan uchish: 24 iyun kuni soat 19:10 da. Toshkentga yetib kelish esa poytaxt vaqti bilan 25 iyun soat 02:40 ga to‘g‘ri keladi.

Chegaradan o‘tish paytida amaldagi xorijga chiqish pasporti va barcha zarur hujjatlar bo‘lishi lozim, deb eslatdi elchixona.

Aviachiptalarni xarid qilish, Iordaniya vizasini olish va Tel Avivdan Iordaniya chegarasigacha transfer xizmatlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot uchun: +972 53−556−5254 (WhatsApp orqali ham aloqa qilish mumkin).

Dipmissiya reys vaqti aviakompaniya va mahalliy hokimiyatlar ko‘rsatmalariga binoan o‘zgarishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82806 | Инструменты