Huawei 1
9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Bugun 9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Buyuk davlat arbobi, o'rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, bobokalonimiz Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta'lim mislsiz darajada yuksalgan edi.

1370 yilda Balxda bo'lib o'tgan qurultoyda ulug' amir deb e'lon qilingan Amir Temur, tarqoqlikni bartaraf etib, o'lkalarni yagona davlatga birlashtirdi. Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'i, Farg'ona va Shosh viloyatlari, Markaziy Osiyo davlatlari, Hind va Gangadan Zarafshongacha, TyanShandan to Bosforgacha ulkan saltanat barpo etdi.

Tarix Amir Temurni makedoniyalik Iskandar, Doro I, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorga qo'yadi.

«Kuch – adolatdadir» shiori sohibqiron davlati hududida axloqiy va ma'naviy mezonga aylangan edi. Ulkan va bepoyon mamlakatning poytaxti rutbasini olgan Samarqand kurrai zaminda eng go'zal shahar sifatida chiroy ochdi. O'rta Sharq va Markaziy Osiyoning eng yaxshi me'morlari to'plangan ushbu kentda jahon me'morchiligida yangi yo'nalish – Sharqona uslub paydo bo'ldi.

Amir Temur, shuningdek, mamlakatda ma'naviyatning qo'llab-quvvatlanishi, yuksalishi va o'tmish davrlarning oliy an'analari tiklanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Temuriylar sulolasi vakillarining ma'naviyat va madaniyatga alohida e'tibori tufayli XIV-XVI asrlarda yuksak ilmiy va ijodiy yutuqlarga erishildi.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121709 | Инструменты