9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Butun dunyo bo'ylab 9 dekabr kuni Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida keng nishonlanadi.
Korrupsiya - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfdir.
Dunyo davlatlarida jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan korrupsiya xavfiga qarshi kurashishni ta’minlashga qaratilgan bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, jumladan:
– Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloqiy kodeksi (Nyu-York, 1996 yil 12 dekabr);
– Korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 27 yanvar);
– Korrupsiya bo‘yicha fuqaroviy-huquqiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 4 noyabr) va mazkur Konvensiyaga qo‘shimcha protokol (Strasburg, 2003 yil 15 may);
– Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (2003 yil 31 oktyabr).
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112310 | Инструменты