Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga tijorat maqsadida tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar soni sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Makroiqtisodiyot va statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki 9 oyi davomida jami 357,5 ming nafar chet el fuqarosi mamlakatimizga biznes va tijorat yo‘nalishida kelgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34,8 ming nafarga yoki 10,8 foizga ko‘pdir.
Hisobot davrida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklarning asosiy qismi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tashrif buyuruvchilarning mamlakatlar bo‘yicha kesimi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Afg‘oniston — 323 660 nafar
Turkmaniston — 24 196 nafar
Tojikiston — 6 412 nafar
Qirg‘iz Respublikasi — 695 nafar
Qozog‘iston — 629 nafar
Rossiya — 370 nafar
Turkiya — 346 nafar
Boshqa davlatlar — 1 150 nafar
Ekspertlarning qayd etishicha, mamlakatda tadbirkorlik muhitining yaxshilanishi va tashqi savdo aloqalarining faollashishi xorijiy ishbilarmonlarning O‘zbekiston bozoriga bo‘lgan qiziqishi ortishiga xizmat qilmoqda.