Abdulla Aripov Rossiyaga boradi
Joriy yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Hukumat rahbarining Matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturidan Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning navbatdagi 2-yig‘ilishini o‘tkazish o‘rin olgan.
Hukumat rahbarlari uchrashuvining asosiy mavzularidan biri oliy darajadagi O‘zbekiston-Rossiya muzokaralariga tayyorgarliklarni muhokama qilish bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110509 | Инструменты