Huawei 1
Adliya taqdimnomalari asosida 98 nafar mas’ul shaxs ishdan bo‘shatildi

Joriy yilning 5=may kuni Adliya vazirligining navbatdagi hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda, adliya organlari va muassasalari tomonidan
2023 yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar natijasi muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tashabbusi bilan 34 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi. 351 ta qonunchilik hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan, 37 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Hisobot davrida 31,6 ming ta murojaat kelib tushdi. Ularning 25 mingtasi, ya’ni 79 foizi qonuniy hal qilindi.

Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 6 269 ta taqdimnoma kiritildi, 2 282 nafarshaxslar ma’muriy, 2 648 nafarshaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 98 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Sudlarga 142,2 mlrd so‘mlik 5 819 ta da’volar (arizalar) kiritilib, 121,1 mlrd so‘mlik da’volar (arizalar) qanoatlantirildi. Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha 120 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari tomonidan 3,2 mln dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, joriy yilning 1-chorak yakunlari bo‘yicha hududiy adliya organlari faoliyatining samaradorligi baholanib, baholash natijalariga ko‘ra Buxoro va Andijon viloyat adliya boshqarmalari yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты