Huawei 1
Aeroport xodimi pul evaziga ishga joylashtirishni vaʼda qildi, kompaniya shubhali odamlarga ishonmaslikka chaqirdi

Soʻnggi paytlarda huquq-tartibot idoralari Toshkent aeroportiga ishga joylashtirish bilan bogʻliq bir necha firibgarlik holatlarini qayd etgan. Firibgarlar ma’lum miqdor evaziga sizni poytaxt aeroportiga ishga joylashtirishni va’da berishadi, biroq kelishilgan pulni olgach ular bilan aloqa uziladi.

Shu munosabat bilan, “Uzbekistan Airports” kompaniyasi maʼlum qildiki, hozirda Oʻzbekiston aeroportlariga ishga qabul qilish faqatgina elektron tanlov tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu shaffoflikni ta'minlaydi va tanlov jarayonining samaradorligini oshiradi hamda pul uchun bo'sh ish o'rinlarini taklif qiluvchi firibgarlar tarmog'iga tushib qolish ehtimolini kamaytiradi. Bugungi kunga qadar elektron tizim orqali 284 ta bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazilib, 218 nafar yangi xodim muvaffaqiyatli ishga qabul qilindi.

"Biz fuqarolardan uchinchi shaxslarning shubhali takliflaridan qochib, boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalardan olishlarini soʻraymiz", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111613 | Инструменты