Huawei 1
Rossiyaga borayotgan qirg‘izistonliklar ogohlantirildi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini 1 dekabrdan kuchga kiradigan Rossiya chegarasidan o‘tishning yangi qoidalariga tayyor bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda Qirg‘iziston TIVga tayanib, AKI Press xabar berdi. 

“Rossiya Federatsiyasi hukumati qaroriga ko‘ra, 2024 yil 1 dekabrdan boshlab Rossiyaga kirish va chiqishda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan biometrik ma’lumotlarni olish bo‘yicha tajriba boshlanadi”, deyiladi TIV bayonotida.

Qayd etilishicha, fuqarolar Moskvadagi Domodedovo, Sheremetevo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlari orqali, shuningdek, Orenburg viloyatidagi Mashtakovo avtomobil o‘tish punkti orqali Rossiyaga kirganda biometrik ma’lumotlarini topshirishi kerak bo‘ladi.

“Biometrik ma’lumotlar raqamli suratga olish va qo‘l barmoqlari papillyar izlarini skanerlashni o‘z ichiga oladi”, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan TIV qirg‘izistonliklarni Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi talablarini hisobga olishga va yuqorida ko‘rsatilgan chegara o‘tish punktlarida qo‘shimcha protseduralarga oldindan tayyor bo‘lishga chaqirgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111615 | Инструменты