Huawei 1
Afshona qishlog‘i turizm shaharchasiga aylantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 dekabrdagi “Buxoro viloyatida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Peshku tumani Afshona qishlog‘ida Abu Ali ibn Sino davriga oid qadimiylikni o‘zida aks ettirgan etnik turizm shaharchasi barpo etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Shu munosabat bilan Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Bobokalonov, Peshku tumani hokimi H.Davlatov hamda ushbu loyihani amalga oshiradigan tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda loyiha bo‘yicha mazkur hududda tashkil etiladigan turistik obyektlar hamda ularning loyiha bo‘yicha joylashuvi borasida fikr-mulohazalar ilgari surildi.

Maʼlumot uchun, Peshku tumanining “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘ini, Afshona qishlog‘i Abu Ali ibn Sino tavallud topgan joy sifatida dunyoga tanilgan bo‘lib, ushbu hududning yer maydoni 1003 gektarni tashkil etadi va 4005 nafar aholi istiqomat qiladi. Abu Ali ibn Sino tibbiyot ilmining sultoni 980 yilda Buxoro yaqinidagi “Afshona” qishlog‘ida tug‘ilgan. U jahonga “Avitsenna” nomi bilan tanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12018 | Инструменты