Huawei 1
Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi

Farmonga ko'ra, aholi va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida:

2024-yil 1-iyuldan:

- elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari va YIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi;

- intellektual mulk obyekti ro'yxatdan o'tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berildi:

- intellektual mulk to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda xulosa berish;

- kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash bo'yicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar o'tkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qo'yish va yo'q qilish;

- intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirish.

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga doir boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi.

Aholining yagona elektron reyestri:

- O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi;

- tegishli davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko'rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug'urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko'rsatishda ushbu reyestrdan foydalaniladi;

Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70500 | Инструменты