Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 4 oyda 23,6 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida respublikada aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 23,6 trln so‘mga yetdi.

Ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 122,9 % ni tashkil etdi (2024-yilning yanvar-aprelida – 119,8 %).

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida eng katta hajmni kompyuter dasturlashtirish xizmatlari egallaydi. 2025-yilning yanvar-aprel oylaridagi ulushi 44,9 % ni tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты