Sog‘liqni saqlash vazirligi taklifiga ko‘ra yurtimizga kelgan amerikalik shifokorlar shu yilning 10 sentyabridan Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalarda murakkab kardiojarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmoqda.
Ushbu aksiya sentyabr oyi oxirigacha davom etishi belgilangan. Buning natijasida yuragida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan 50 nafar jajji bemor ochiq usuldagi operatsiyalar orqali og‘ir darddan xalos bo‘lishi kutilyapti.
Hozirgacha ulardan 22 nafari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan amaliyotlar orqali oilasi bag‘riga sog‘-salomat qaytdi.
AQSHning “Global Cardiac Alliance” fondi rahbari, professor Uillyam Novik rahbarligidagi yetuk kardiojarrohlar guruhiga O‘zbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov, markaz mutaxassislari, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti shifokorlari, klinik ordinatorlar, magistrlar yaqindan ko‘maklashmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30619 | Инструменты