Huawei 1
“Amirsoyda” Gentra pastlikka tushib ketgani haqida xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Amirsoyda “Gentra” pastlikka tushib ketibdi” sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan IIBB Matbuot kotibi rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, ushbu videodagi holat bundan 1-yil avval, 2022-yilning dekabr oyida, Boʻstonliq tumani hududida sodir boʻlgan.

Avtomobil muzlamada sirgʻalib borishi natijasida qiyalikka tushib ketgan, voqeada hech bir fuqaro jarohat olmagan. Transport vositasiga texnik shikastlangan.

“Ijtimoiy tarmoqda ommaviy kanal yurituvchi ayrim blogerlardan, oʻzlariga kelib tushgan xabarlarga masʼullar tomonidan aniqlik kiritib, keyin eʼlon qilishlarini soʻrab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты