Andijon tumani hududida Damas avtotransport vositasining haydovchisi 32 nafar bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga olib ketayotgan holati YPX inspektori tomonidan to‘xtatib qolindi. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar qildi.
Avtomashina YPX inspektori tomonidan to‘xtatib qolingan. Mazkur holat yuzasidan, YPX inspektori tomonidan qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91800 | Инструменты