Huawei 1
Andijon shahrida erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi

Joriy yilning 4-iyul kuni soat 9:30 larda Andijon shahrida yashovchi 1977 yilda tug'ilgan fuqaro D. A. turmush o‘rtog‘i 1982 yilda tug'ilgan M. D. bilan Andijon shahri O‘rikzor mahallasida kelib chiqqan janjal oqibatida ayolni bo‘yin qismiga xo‘jalik pichog‘i bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

Olgan tan jarohati oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Mazkur xolat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi A. D. ni ushlash bo‘yicha tezkor-qidiruv choralari ko‘rilgan.

Olib borilgan tadbirlar jarayonida gumonlanuvchi A.D. Andijon viloyati Oltinko‘l tumani, Ko‘makay mahallasi hududida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan.

Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan bo‘lib, tergov-surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin ham Andijonda erkak xotinini pichoqlab o'ldirgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72707 | Инструменты