Huawei 1
Andijonda erkak xotinini pichoqlab o'ldirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘ini o‘ldirganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi. 

Aniqlanishicha, joriy yil 5-fevral kuni fuqaro S. M. shaʼriy nikohidagi turmush o‘rtog‘i J. M. bilan o‘zaro janjal oqibatida S. M. xo‘jalik pichog‘i bilan J. M. ni qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan S. M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va S. M. protsessual tartibda ushlanib, "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov xarakatlari alohida nazoratga olingan, tergov xarakatlari davomida ishga oid barcha holatlar tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentda 3 yoshli bolani shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirgan shaxs 24 yilga qamalgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21317 | Инструменты