Huawei 1
Andijon viloyatidagi bog‘chada tarbiyachining beparvoligi sabab 1 yoshli qizcha jarohatlandi

Bolalar ombudsmani xabariga ko‘ra, joriy yilning 16 avgust kuni Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyachi bolalarni qisqa muddatga nazoratsiz qoldirgan. 

Shu vaqtda tarbiyalanuvchi 2023 yilda tug‘ilgan R.G. (qiz bola)ni boshqa tarbiyalanuvchi bola o‘zaro tortishuvda tishlab olgan. Mazkur holatda bolalar parvarishiga yetarlicha eʼtibor bermay nazorat qilmaganligi sababli bog‘cha tarbiyachisi T.Sh. lavozimidan ozod etilgan.

Hozirda 2023 yilda tug‘ilgan R.G.ning ahvoli ijobiy bo‘lib, sog‘lig‘i uchun hech bir xavf mavjud emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91302 | Инструменты