Huawei 2
Andijonda 22 yoshli yigit Telegram orqali fuqaroning pullarini o‘zlashtirib oldi

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida yashovchi 26 yoshli (ayol) A.S. ariza bilan murojaat qilib, "Telegram" messenjerida noma’lum shaxs bank kartasidagi 4 mln 570 ming so‘m pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 22 yoshli J.R. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan J.R., "Telegram" messenjeri orqali jabrlanuvchi (ayol) A.S. bilan tanishib, uning ayollar kiyim-kechaklarini sotib berishga kelishib, oldindan 4 mln 570 ming so‘m pullarini bank kartasiga o‘tkazdirib olib, so‘ng va’dasini bajarmasdan, yozishmalarni o‘chirib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b,g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.R.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b,g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga