Huawei 1
Andijonda 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi

Andijon shahrida 31-oktyabr kuni 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon shahrida yashovchi 2000 -yilda tug‘ilgan R.F.(erkak) kecha, 31-oktyabr kuni soat taxminan 22:40 atrofida o‘ziga benzin sepgan holda “Ilg‘or” MFY Janubiy Paxtakor-1 ko‘chasida joylashgan paynet shoxobchasiga kirib, o‘zini yoqib, joniga suiqasd qilgan. U kuygan jarohatlari bilan RSHTYOIAM viloyat filialiga keltirilgan.

R.F.ni o‘ziga benzin sepib, paynet shoxobchasiga kirib, o‘zini yoqib, qaytib chiqib ketgani shoxobchadagi va uni tashqarisiga qo‘yilgan videokameralarda qayd qilingan. 

Hozirda fuqaro R.F.ga RSHTYOIAM viloyat filialida zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv davomida R.F.ga olgan tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110115 | Инструменты