Huawei 1
Andijonda ayollar kiyimini kiyib yurgan 24 yoshli erkak jarimaga tortildi

Andijon shahridagi bolalar bog‘ida Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi erkak ayollarga xos kiyinib, yuzini to‘sib olgani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, erkak 2000-yilda tug‘ilgan M.N. bo‘lib, u Shahrixon tumanida istiqomat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Andijon shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, M.N.ga nisbatan MJtKning 184-4-moddasi bilan BHMning 15 baravari miqdorida 5,1 mln so‘m jarima jazosi qo‘llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91221 | Инструменты