Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur yodgorligi o‘rnatilgan maydon o‘rnida zamonaviy biznes markaz quriladi.
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ayni kunlarda viloyat markazidagi “Bobur” shoh ko‘chasida joylashgan chorrahada yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) qurilmoqda.
Shoh va shoir Bobur xotirasiga atab, barpo etilgan maydon esa yangi qurilayotgan ko‘prik yaqinida joylashgan bo‘lib, loyiha qurilishi yakunlangach, «ushbu maydon anchayin yopiq ko‘rinishga kelib, maydonning bir qismi ko‘prik ostida qoladi».
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining bildirishicha, mazkur masala yuzasidan ilmiy kengash vakillari, Boburshunoslar hamda Andijon oqsoqollari boshchiligida muhokama bo‘lib o‘tgan va tegishli xulosaga kelingan.
Unga ko‘ra, Bobur haykali uning o‘zi tug‘ilib o‘sgan «Eski shahar» hududidagi “Registon” maydoniga ko‘chiriladi.
«Hozirda bu rejani amalga oshirish uchun katta tayyorgarliklar ko‘rilmoqda», – deyiladi rasmiy maʼlumotda.
Avvalgi maydon o‘rnida esa biznes markaz hamda aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan boshqa turdagi zamonaviy binolar barpo etish loyihasi taklif etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111915 | Инструменты