Turkiy davlatlarni birlashtiruvchi umumiy madhiya yaratish ishlari olib borilmoqda. Ushbu madhiyada turkiy xalqlarning boy tarixidan ilhom olingan holda ularning o‘ziga xos madaniyati so‘z va musiqada aks ettiriladi. Bu haqda Turkiy davlatlar San’at universitetlari ittifoqi raisi va Anqara Musiqa va tasviriy san’at universiteti rektori Erhan O‘zden ma’lum qildi.
Erhan O‘zdenga ko‘ra, madhiya marosimlar uchun yoziladi va u turkiy xalqlarni birlashtiradigan milliy va ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Uning so‘zlari va musiqasi mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqiladi, bunda barcha uchun tushunarli va mantiqiy so‘zlar tanlanadi.
Qayd etilishicha, Turkiy davlatlar san’at sohasida umumiy va ensiklopedik lug‘at yaratish ustida ham ish olib bormoqda. Ushbu lug‘atda turkiy xalqlar orasida qo‘llaniladigan san’at terminlari jamlanib, kelgusida yagona terminologiya yaratishga xizmat qiladi. Lug‘at turli san’at sohalari uchun alohida boblar sifatida tashkil qilinadi va unda terminlarning kelib chiqishi, turkiy xalqlar madaniyatida qo‘llanilishi ko‘rsatiladi.
Bildirilishicha, lug‘at 1-2 yil ichida, madhiya esa undan oldinroq tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111917 | Инструменты