Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda maktab direktori bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.
Holat Bolalar ombudsmani tomonidan oʻrganilmoqda.
Aniqlanishicha, holat Oltinkoʻl tumanidagi 38-umumtaʼlim maktabida boʻlib, 8-sinf oʻquvchisi Q.M. (oʻgʻil bola) sinf xonada pirotexnika vositalaridan foydalangan. Bunga javoban maktab direktori goʻyoki tarbiyaviy maqsadda Q.M. ni va sinfdagi boshqa bir necha bolalarni kaltaklagan.
Hozirda Andijon viloyati MMTB tomonidan ishchi guruhi tuzilib, holat oʻrganilmoqda.
Shuningdek, Oltinkoʻl tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты