Andijon viloyati Shahrixon tumanida o‘zidan oldindagi avtomobillardan o‘tib ketishga uringan Nexia-3 qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan yuk mashinasiga urildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 12 aprel kuni Shahrixon tumani “Begbachcha” MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lning 413 kilometrida Andijon-Shahrixon yo‘nalishi bo‘ylab Nexia-3 rusumli transport vositasi haydovchisi I.I. oldindagi transport vositalaridan o‘zib ketmoqchi bo‘lgan. U yo‘lning o‘ng chetki qismi tomonida harakatlangan va oldindagi transport vositasiga tegib ketmaslik uchun keskin tormoz berish oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng Nexia-3 yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan IVECO rusumli yuk transport vositasining tirkamasini orqa chap tomoniga urilib, yo‘l-transport xodisasi sodir etgan.
Bildirilishicha, ushbu YTH oqibatida Nexia-3 rusumli avtomashinadagi yo‘lovchi shilinma tan-jarohatini olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda mazkur xolat yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41301 | Инструменты