Huawei 1
Yo‘l harakati qoidalari yangi ogohlantiruvchi va qo‘shimcha axborot belgilari bilan to‘ldiriladi

Yo‘l harakati qoidalarida 6-band quyidagi mazmundagi yigirma sakkizinchi – o‘ttiz ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldiriladi:

“Avariya o‘chog‘i” (yo‘l-transport hodisasi o‘chog‘i) – yo‘l harakati ishtirokchilari uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘li, ko‘chalar, chorrahalar aholi punktidan tashqari joylarda 1 000 metrdan yoki aholi yashash punktida 200 metrdan ortiq bo‘lmagan qismida bir yil davomida bir xil turdagi uch yoki undan ortiq yo‘l-transport hodisalari yoki turlaridan qat’iy nazar besh va undan ortiq yo‘l-transport hodisalar sodir bo‘lishi natijasida odamlar halok bo‘lgan yoki jarohatlangan joy.

“Avariya o‘chog‘i” hududlari quyidagi uzoq muddatli, mavsumiy va vaqtinchalik turlariga bo‘linadi:

  • uzoq muddatli – bartaraf etilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni ko‘chirish, tog‘ yon bag‘rilarini katta hajmda o‘yish, katta suv havzalari ustidan ko‘priklar qurish va uzoq muddatli yo‘l qurilish kabi jarayonlarni talab etadigan hudud;
  • mavsumiy – ob-havo sharoiti ta’siri natijasida yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli avariya hududi;
  • qisqa muddatli – bartaraf etish muddati uch oygacha bo‘lgan davrni talab etadigan xavfli avariya hududi”.

Ogohlantiruvchi belgilar quyidagi mazmundagi 1.15.1 va 1.36-bandlari bilan to‘ldiriladi:

  • “1.15.1 “Zanjirli g‘ildiraklar va shinalar bilan harakatlanish”. Ushbu yo‘l belgisi ogohlantiruvchi yo‘l belgisi, tog‘li va cho‘l hududlarda qish mavsumida yo‘llarda hosil bo‘lgan qor va muzlamalarda transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini tashkil etish maqsadida tavsiya etish yuzasidan shuningdek, avtomobil yo‘llaridagi qor va muzlamalar to‘g‘risida haydovchi va piyodalarning e’tiborini jalb etish maqsadida qo‘llanadi;
  • “1.36 “Yo‘l-transport hodisasi o‘chog‘i”. Ushbu yo‘l belgisi 3.24 – “Yuqori tezlik cheklangan” taqiqlovchi yo‘l belgisi, 7.1.1–7.1.4 – “Obektgacha bo‘lgan masofa”, 7.2.1–7.2.6 – “Ta’sir oralig‘i”, 7.3.1–7.3.3 – “Ta’sir yo‘nalishi” qo‘shimcha axborot belgilari bilan, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining turi, xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda o‘rnatilishi mumkin”.

Qo‘shimcha axborot belgilari quyidagi mazmundagi 7.27, 7.28, 7.29 va 7.30-bandlar bilan to‘ldiriladi:

  • “7.27. “Piyodani urib yuborish”. Piyoda bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi xavfi mavjudligini bildiradi.
  • 7.28 “Transport vositalari to‘qnashuvi”.Transport vositalari to‘qnashuvi xavfi mavjudligini bildiradi.
  • 7.29. “Velosipedchini urib yuborish”. Velosipedchini urib yuborilish xavfi mavjudligini bildiradi.
  • 7.30. “Transport vositalari ag‘darilishi”.Transport vositasi ag‘darilish xavfi mavjudligini bildiradi”;

Yo‘l chiziqlarini chizish bo‘yoqlari hamda boshqa vosita va moddalar, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarining narxlari bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichlari tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar darajasini har oy o‘rganish orqali buyurtmachi va autsorser tomonidan narxlar bayonnomasi bilan belgilanadi.

Agar yo‘l chiziqlarini chizish bo‘yoqlari hamda boshqa vosita va moddalar, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarining amaldagi bozor narxlari narxlar to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan narxlardan baland yoki past bo‘lsa buyurtmachi autsorser va Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘rib chiqish va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qaror qabul qilish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni o‘rganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni belgilangan tartibda yuboradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41306 | Инструменты