Huawei 1
Andijonda "Nexia-3" haydovchisi yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan ayolni urib ketdi

Andijonda Nexia-3 avtomashinasi haydovchisi yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan ayolni urib ketdi. Andijon viloyati IIB YHXB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. 

Aniqlanishicha, joriy yilning 22-aprel soat 11:40 atrofida haydovchi 1970-yilda tug‘ilgan X.I. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasini Asaka tumani "Yangi sor" MFY hududida boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 1962-yilda tug‘ilgan F.I.ni (ayol) urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu YTH natijasida, piyoda F.I. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga