Andijon viloyatida 21-fevral kuni to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Keltirilishicha, holat 21-fevral kuni soat 22:10 larda Andijon tumani “Ming o‘rik” MFY hududida Asaka—Andijon yo‘nalishida sodir bo‘lgan. Shu yo‘nalish bo‘ylab katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 haydovchisi oraliq masofa saqlamasdan o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda chorrahadan ortga qayrilib olmoqchi bo‘lgan yana bir Nexia-3 ning orqasidan borib urilgan.
Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Labo hamda SWM G01 rusumli avtomashinalar bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga murojaat qilgan shaxslar bor.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22223 | Инструменты