Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyatining Asaka tumanidagi 34-IDUMda bolalar o‘rtasida majburlab pul yig‘ish holatlari borligi, pul bermaganlar kaltaklanishi aytilgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat vazirlik tomonidan nazoratga olingan, hozirda Andijon viloyati MMTB tomonidan o‘rganilmoqda.
“O‘rganish yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Asaka tumani hokimligi xabariga ko'ra, prokuraturada mazkur holat yuzasidan tezkor ishchi guruhi tuzilib, tumandagi 34-IDUMda o‘rganish o‘tkazilmoqda.
"Mazkur holatga qonuniy baho berilishini, taʼlim muassasasi maʼmuriyatining, taʼlim boshqaruvi organining ushbu holat yuzasidan faoliyatlariga huquqiy baho berishni, taʼlim to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini izchil taʼminlash maqsadida ishchi guruhi faoliyati tuman prokurorining nazoratiga olingan. O‘rganish ishlari haqida qo‘shimcha va batafsil maʼlumot beriladi", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11516 | Инструменты