Andijonlik 24 yoshli talaba o'zgalarning plastik kartasidan millionlab pullarni yechib kelganligi aniqlandi
Buxoro viloyatida Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, noma’lum shaxs 2022-yil may oyida Jondor tumani Chorzona mahallasida yashovchi, Y.M. ning plastik kartasidan 1 mln so‘m, 2022-yil 19-iyun kuni Jondor tuman Aleli mahallasida yashovchi B.A. ning plastik kartasidan 800 ming so‘m, 2022-yil 21-iyun kuni shu tumanning Dalmun mahallasida yashovchi M.F. ning plastik kartasidan 800 ming so‘m pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor-texnik, surishtiruv va tergov harakatlari olib borilgan.
Natijada ushbu jinoyatlarni, Andijon viloyati Baliqchi tumani Nurafshon mahallasida yashovchi 24 yoshli Andijon Davlat Tibbiyot institutining Y.H. ismli talabasi sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning viloyatimiz hamda respublikaning boshqa hududlarida sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan bu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Surxondaryoda bank xodimlari fuqaroning kartasidan qariyb 50 mln so'mga yaqin pullarni yechib olgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50614 | Инструменты