Huawei 1
Surxondaryoda bank xodimlari fuqaroning plastik kartasidan qariyb 50 mln so'mga yaqin pullarni yechib oldi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro O.S. ariza bilan murojaat qilib, arizasida o‘ziga tegishli bo‘lgan “Humo” bank kartasida bo‘lgan jami 48,6 mln so'm miqdoridagi pullar noma’lum shaxslar tomonidan yechib olinganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida O.S. ismli fuqaroning bank kartasidan pullarini o‘g‘irlagan shaxslar “Agrobank” Oltinsoy tumani bo‘limi xodimlari, Sho‘rchi tumanida yashovchi, Q.Sh. va A.S. ekanligi aniqlandi.

Ushbu fuqarolarga nisbatan JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Farg'onada aldov yoʻli bilan plastik kartadan 1,3 mln so'm pulni yechib olgan shaxs aniqlangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50619 | Инструменты