Huawei 1
Angliya san'at kengashi O'zbekistonda madaniyat yo'nalishida innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Angliya san'at kengashining (Arts Council England – ACE) san'at va muzeylar bo'yicha bosh direktori o'rinbosari Saymon Mellor bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Saymon Mellor so'nggi yillarda O'zbekistonda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, o'zbek xalqining moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ'ib etish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta'minlash, madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish borasidagi ishlarni yuqori baholadi.

Kengash nafaqat mahalliy hokimiyat va xususiy sektor bilan, balki xorijiy hukumatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda san'at va madaniyatni rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilishi ma'lum qilindi.

Uchrashuv yakunida Angliya san'at kengashi va O'zbekistonning tegishli idoralari bilan hamkorlikda san'at sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

1946 yilda tashkil etilgan Angliya san'at kengashi mamlakatda san'at va madaniyatni rivojlantirishga mas'ul bo'lgan tashkilot hisoblanadi. Uning asosiy faoliyati sohada faoliyat yuritayotgan turli tashkilotlar va shaxslarni qo'llab-quvvatlash, ushbu yo'nalishda innovatsion loyihalar va yangi texnologiyalar joriy etish, jamoatchilikning san'at va madaniyatdagi ishtirokini rag'batlantirishga yo'naltirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20522 | Инструменты