Huawei 1
Angola bilan oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi

16-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev diplomatik missiyasini yaqinda boshlagan Angola Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Augushtu da Silva Kunya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Sh.Daliyev so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatda oliy ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi izchil islohotlar olib borilayotganini ta’kidlab, bugungi kunda, ayniqsa, muhandislik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha ildam qadamlar haqida to‘xtaldi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdilar.

Elchi o‘z o‘rnida, Angolada texnika yo‘nalishida ta’lim keng rivojlanganini ta’kidlab, bu sohada ta’lim olayotgan angolalik talabalar uchun stipendiyalar taqdim etish masalasini ko‘rib chiqish taklifini ilgari surdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki davlatning oliy hamda professional taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91909 | Инструменты