Toshkent viloyati Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv ishi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va tegishli tartibda chora ko‘rmaslik evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan tergovchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90412 | Инструменты