Fransiyada “Anorbank” aksioneri Qahramonjon Olimov o‘g‘irlab ketildi va tovon puli evaziga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Le Monde xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, u Nissa yaqinidagi xususiy uyning yerto‘lasida ushlab turilgan va uni ozod qilish uchun tovon puli talab qilingan. To‘lovning maʼlum qismi to‘langanidan so‘ng Olimov ozod etilgan.
Fransiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi sifatida bir nafar shaxs qo‘lga olingan.
Eslatib o'tamiz, Qahramonjon Olimov “Anorbank”ning 95,1% aksiyalariga egalik qiladi. U hozir 48 yoshda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72420 | Инструменты