Huawei 1
Homiylik xayriyalarini yig'ishning aniq tartibi belgilandi

Qonun (O'RQ–1083-son, 21.08.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish:

BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.

Shuningdek, homiylik xayriyalarini yig'ish tartibini buzish:

- fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi ko'zda tutildi.

Bundan tashqari, homiylik xayriyalarini yig'ish tartibi aniq belgilandi.

Unga ko'ra, homiylik xayriyalarini yig'ish muayyan homiylik oluvchilarning manfaatlarini ko'zlab, oldindan e'lon qilingan muddat davomida amalga oshiriladi.

Homiylik tashkilotlari tomonidan homiylik xayriyalarini naqd pul shaklida yig'ish faqat xayriya qutisi yordamida amalga oshiriladi.

Biroq, bundan naqd pul shaklidagi homiylik xayriyalarini ularning bank hisobvaraqlariga qonunchilikda belgilangan tartibda o'tkazish hollari mustasno.

Xayriya qutisi shaffof bo'lishi va uni ochish joyi tegishli belgilangan shaxslar shaxs tomonidan imzolangan hamda muhrlangan qog'ozli plomba yoki raqamlangan plomba bilan plombalangan bo'lishi shart.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82518 | Инструменты