Huawei 1
AQSh O'zbekiston za'faroni eksporti uchun berilgan ruxsatnomaning muddatini uzaytirdi

AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan "BMB HOLDING"ning "BMB Opera Zafferano" korxonasiga za'faron mahsulotining AQShga eksport qilish imkoniyatini beradigan FDA ruxsatnomasi taqdim etilgan edi.

"BMB HOLDING" matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, endilikda ushbu ruxsatnoma muddati uzaytirildi.

Shuningdek, za'faron plantatsiyasida mahsulotni ekish, yetishtirish, agrotexnik tadbirlarni o'tkazish, terib olish, qayta ishlash va saqlash, qadoqlash jarayonlari to'liq o'rganib chiqilgandan so'ng "BMB Shifo" korxonasi ham mazkur hujjatga loyiq deb topildi. 

FDA (Food and Drug Administration) – AQShning oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy, kosmetika, biologik mahsulotlarning xavfsizligi va samaradorligini nazorat qiluvchi davlat agentligidir. Ushbu tashkilot mahsulotlarning inson sog'lig'iga zarar yetkazmasligini va belgilangan standartlarga mosligini ta'minlaydi. FDA ruxsatnomasi — mahsulotning AQSh bozorida qonuniy ravishda savdoga chiqarilishi uchun zarur bo'lgan asosiy hujjat hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11406 | Инструменты