O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi AQSHdagi eski namunadagi pasportga ega O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2020-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi pasportlar (nobiometrik) o‘z kuchini yo‘qotgan. Shu munosabat bilan muddati o‘tgan yoki o‘tmagan eski namunadagi pasport egalari O‘zbekistonning AQSHdagi vakolatxonalari (Elchixona va Konsulxona) orqali vatanga qaytish uchun O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishlari kerak.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31823 | Инструменты