O'zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Ashxobod shahar hokimi Rahim G'andimov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Unda ikki davlat poytaxtlari o'rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, tomonlar Toshkent shahar hokimligi va Ashxobod shahar hokimligi o'rtasida qardosh shaharlar munosabatlarini yo'lga qo'yish to'g'risidagi bitimni amalda amalga oshirishning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Iqtisodiy, sayyohlik, sport, ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy shaharsozlik, kommunal xizmat ko'rsatish tizimini raqamlashtirish va aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sohasida tajriba almashish maqsadida shahar delegatsiyalari, xo'jalik yurituvchi subyektlar va ijodiy guruhlarning tashriflarini tashkil etishdan o'zaro manfaatdorlik bildirildi.
Oliy darajadagi tashriflar doirasida ikki davlat poytaxtlarida Toshkent va Ashxobod madaniyat va istirohat bog'larining ochilishi qardosh O'zbekiston va Turkmaniston xalqlari o'rtasidagi ko'p asrlik do'stlik hamda yaxshi qo'shnichilik rishtalarini mustahkamlashning yorqin timsoliga aylangani alohida ta'kidlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41905 | Инструменты